ALIQAMBAR

ALIQAMBAR — 1) Turkiston xalqlari ijodida (o’zbeklarda — Aliqambar yoki Qambar ota, turkman va qirg’izlarda — Bobo Qambar, tojiklarda — Qambar yoki Boboi Qambar) chaqmoq va momaqaldiroq chaqiruvchi afsonaviy shaxs, baxshi va sozandalar “piri”, shuningdek musiqa asboblari (masalan, dutor) ning afsonaviy ixtirochisi. O’zbek va tojik musiqa folklorida ko’pgina yomg’ir chaqirish marosim qo’shiqlari (masalan, “Qambar boziy”) Aliqambar nomi bilan bog’liq. Xorazm afsonalarida Aliqambar xalifa Alinkig otboqari va otboqarlar “piri”. Beruniy yozgan qadimgi turkiy xalqlar mavsumiy bayrami — “gahanbar” talaffuzning o’zgarishi natijasida Aliqambar ga aylangan degan ba’zi mulohazalar ham mavjud; 2) o’zbek xalq kuyi. Vazmin lirik raqs, usul jihatidan Ufar yo’llariga yaqin. Ohanglari Xorazm yirik ashula yo’llari (Feruz, suvoralar), doston va maqomlarida cholg’u naqarotlari sifatida, shuningdek ayrim o’zbek bastakor va kompozitorlari asarlarida ishlatilgan.