ALITUS
ALITUS (1917 yilgacha rasmiy nomi Olita) — Litva Respublikasidagi shahar, Nyamunas daryosining har ikkala sohilida. Vilnyusdan 108 kilometr Janubiy- G’arbdagi temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 74,9 ming kishi (1990). Uy-ro’zg’or sovutkichlari, metall konstruktsiyalar, kimyo, mashinasozlik zavodlari, tikuvchilik fabrikasi, mexanika texnikumi bor. Ip gazlama va go’sht kombinatlari qurilgan. O’lkashunoslik muzeyi bor. Alitus 14-asrdan ma’lum.