ALIYEV ABAT
ALIYEV ABAT (1930.25.10, Chimboy tumani) — Qoraqalpog’iston xalq shoiri (1992). Nukus pedagogika institutini tamomlagan (1951). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1974-76), “Erkin Qaraqalpaqstan” gazetasida bo’lim mudiri (1976-81), Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi (1991-92). Aliyev “Yoshlik kuchi” (1956), “Bizning ovul yigiti” (1961), “Haqiqat shajarasi” (1973), “Mening guljamolim” (1974), “Umr tashvishlari” (1987), “Ko’rmaganimiz ko’p ekan” (1991), “Hayotning qizig’i” (1993) kabi hikoya, povest va romanlar muallifi.