Alkogol kayfi

Alkogol kayfi-kuchli, odatda asli holatiga qaytadan o’zgarish, ekzogen iste’mol (organizmga tashqatidan kiradigan), etalon (etil spirit) turli quvvati, sifati ta’sirida yuzaga keladi. Har qanday patologik holat kabi Alkogol kayfi ham o’z patogenezi (modda almashinishining o’zgarishi, fiziologik ko’rsatkichlar va morfologik o’zgarish tarzida rivojlanish mexanizmi) va klinik manzarasiga ega. Klinik ko’rinishi mujassam tarzida va hamisha quyidagi holatlarni namoyon qiladi: vegetativ-somatik (teri qoplamining qizarishi, yurak urinishining tezlashishi, hatto aritmiya darajasiga yetishi, qon bosimining ko’tarilib-pasayib turishi va boshqalar), nevrologik (ko’z qorachiqlarining kengayishidan to harakatni boshqarish buzilishigacha, bitta narsaning ikkita ko’rinishi, bosh aylanishi, hushdan ajralish va boshqalar) hamda ruhiy o’zgarishlar. Ruhiy effekt o’z ichiga kayfiyatning o’zgarishini (eyforik effekt), muloqot (kommukativ effekt), umumiy tinchlanganlik va bo’shashganlik, xulq-atvorning me’yoridan chiqishi, e’tiborning buzilganligi, fikrlash jarayonini tavsifi va chuqurligining o’zgarganligi, o’z-o’zini nazorat qilish yo’qolganligi, vaziyatni tegishlicha tanqidiy baholash imkoni susayganligi, motivlashning o’zgarganini o’z ichiga oladi. Ayni mana shu psixotrop effekt – Alkogol kayfi ichkilikning ko’plab ijtimoiy udumlar va odatlarga kiritilishiga, alkogolni muntazam qabul qilish ayrim kishilar uchun odat tusiga kirishiga sabab bo’ladi. Asoratiga ko’ra Alkogol kayfining uch turi mavjud: yengil – qondagi alkogol miqdori 100 ml qon tarkibida 0,003-0,005 dan 0,15-0,20 ml etonal to’plangandagi daraja (0,3-0,5% dan 1,5-2.0% gacha), o’rtacha – 1,5-2,0%dan 2,5-3% gacha, og’ir – 3,0 dan 5,0%gacha. Og’ir darajada o’lim xavfi sezilarli oshadi. Etonalning qondagi to’planishi 5% dan oshganda o’limga olib keladi. Alkogol kayfi alkogolik bo’lmaganlarda ham qandaydir kasallikdan to’satdan o’lish xavfini oshiradi. Hayotda ko’zda tutilmagan baxtsiz hodisalar (turmushdagi va ishlab chiqarishdagi jarohatlanish, yo’l-transport hodisasi va boshqalar tufayli) – o’zini o’zi o’ldirish yoki jinoiy xatti-harakatni (bezorilik, zo’ravonlik va hokazolar)ni sodir etishga olib kelishi mumkin. Jahon jinoyat huquqida Alkogol kayfi jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi, aksincha, sud tomonidan aybni og’irlashtiruvchi holat, deb baholanadi.