ALKOGOLYAT VA FENOLYATLAR
ALKOGOLYAT VA FENOLYATLAR -spirtlar va fenollarning gidroksil guruhidagi vodorod atomining metallga almashinishidan hosil bo’lgan qattiq moddalar. Spirtda yaxshi eriydi. Alkogolyatlar ishqoriy va ishqoriy yer metallarni spirtda eritish yo’li bilan olinadi, fenolyatlar esa fenollar bilan ishqorlar suvli eritmalarining o’zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo’ladi. Suv ta’sirida Alkogolyat va Fenolyatlar spirt va ishqorga parchalanadi. Alkogolyat va Fenolyatlar organik kimyoda turli xil sintetik birikmalar olishda va katalizator sifatida ishlatiladi.