ALLE
ALLE (Allais) Moris (1911) — frantsuz iqtisodchisi, iqtisodiy nazariyadagi neoliberal yo’nalish vakili, professor (1944). 1954 yildan ilmiy tadqiqotlar milliy markazida ilmiy xodim. Iqtisodiyotda davlat tomonidan dasturlashtirishni xususiy korxonalarning raqobati bilan birga qo’shib olib borishga asoslangan “raqobatli rejalashtirish” g’oyasi asoschisi. Alle davlatning iqtisodiyotga haddan ortiq aralashuviga qarshi chiqadi. Bu hol, uning fikricha, ijtimoiy vositalarni behuda sarflash, erkinliklarni cheklash va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Ikkinchi tomondan, u cheklanmagan raqobat erkinligi tamoyilini amalta oshirishga ham qarshi chiqadi, chunki bu tamoyil monopoliyalarning paydo bo’lishi, so’ngra ularning hukmronligiga olib keladi. “Raqobatli rejalashtirish” g’oyasi esa muvozanat vazifasini bajarishi mumkin. Ilmiy ishlari bozorlar nazariyasi, moddiy resurslardan samarali foydalanish va boshqa masalalarga bag’ishlangan. Nobel mukofoti laureati (1988).