ALOMATCHOY

ALOMATCHOY (Agrimonia) — ra’nodoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi. 10 turi ma’lum. O’zbekistonda Alomatchoyning bir turi (Alomatchoy asiatica) uchraydi. U toq, patsimon bargli, mayda sariq gulli, sertuk o’simlik. Tarkibida S va K vitaminlari, flavinoidlar, 18% gacha oshlovchi va boshqa moddalar bor. Qaynatmasi tabobatda me’da-ichak, bod, istisqo kasalliklarini davolash hamda bavosilda qon ketishini to’xtatish uchun ishlatiladi.