Alp
Alp (turkcha)-1) qadimgi turkiy xalqlarda ikki qo’shin o’rtasidagi jang boshlanishidan avval yakkama-yakka olishuvda ishtirok etuvchi bahodir jangchi, muboriz. Alplar qo’shinning zarbdor kuchi hisblangan va ularning soni uncha ko’p bo’lmagan. Alplar qo’shinning zarbdor kuchi hisoblangan va ularning soni uncha ko’p bo’lmagan. Alplarning qahramonligi, jasurligi aksar hollarda jang natijasini hal qilgan; 2) o’zbek xalq dostonlarida g’ayritabiiy kuch-qudrati, mardligi, jasorati va aql-farosati bilan ajralib turadigan qahramon sifati.