AMAGASAKI
AMAGASAKI — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolining Janubiy sohilida, Osaka qo’ltig’i sohilidagi port. Aholisi 498 ming kishi (1991). Osaka-Kobe industrial rayonining muhim sanoat markazi. Metallurgiya, mashinasozlik, aviatsiya, kimyo, to’qimachilik, keramika, tsement, oynashisha sanoati korxonalari va Kobe sanoatiga elektr energiya beradigan yirik issiqlik elektr stantsiyasi bor.