Amaliy-ijtimoiy tadqiqot

Amaliy-ijtimoiy tadqiqot-nazariy va tajribaviy tartiblar tizimi, ular asosida evolyutsiya, rivojlanish va tuzilmaviy o’zgarishlar, kishilik jamiyati tashkillashishi va amal qilishining muayyan shakllarini o’rganish amalga oshiriladi. Ijtimoiy stratifikatsiya, ijtimoiy dinamika, jamiyatning kasbiy, jinsiy, etnik tuzilishi, ijtimoiy statistika, jamoatchilik fikri va hokazolar tadqiqot ob’yekti hisoblanadi. Amaliy-ijtimoiy tadqiqotning maqsadi-ijtimoiy faraz va nazariyalarni tushuntirish va asoslash uchun ijtimoiy dasturlar, ijtimoiy loyihalar, ijtimoiy modellarni ifodalashga ishonchli, ijtimoiy axborotlar olishdan iborat. Amaliy-ijtimoiy tadqiqot ijtimoiy nazariyaing amaliy negizi tarzida namoyon bo’ladi. Tartib sifatida Amaliy-ijtimoiy tadqiqot quyidagi bosqichlarda aks etadi:

  1. Tadqiqot ob’yektini tanlash va uning maqsad hamda vazifasini belgilash.
  2. Tadqiqotni tayyorlash va tashkillashtirish.
  3. Tadqiqot dasturini tuzish.
  4. Tadqiqot vositalari va usullarini ishlab chiqarish.
  5. Amaliy-ijtimoiy tadqiqotning o’z eksperimentlarda, tajribaviy (empirik) tadqiqotlarda, ijtimoiy o’lchamlarda va boshqalarda aks etadi.
  6. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, materiallarni qayta ishlash, umumlashtirish va xulosalar chiqarish.

Amaliy-ijtimoiy tadqiqotning har bir bosqichi to’g’rilik, ishonarlilik, samaralilik, ishonchlilik talablarini qondirishi kerak. Tadqiqot ob’yektini tanlash izohlangan, asoslangan bo’lishi lozim. Tadqiqot ob’yekti ularga u yoki bu nazariy farazlar yoki amaliy topshiriqlar predmetlari, ob’yektlari tavsiyasi darajasiga javob beradigan bo’lishi kerak. Ob’yektning amaldagi tavsifi, tasodifiy belgilar bo’yicha emas, zarurat yuzasidan tanlanishi darkor. Ob’yektning muayyan tavsiflarini saralash qo’yilgan maqsad va vazifalarga bog’liq holda amalga oshiriladi. Amaliy-ijtimoiy tadqiqotning metodik ta’minoti deganda texnika topshirig’i, matn bayoni, savolnomalar, so’rovnomalar tuzishda, o’lchash tartiblari ssenariysini ishlab chiqish va hokazolarda aks etadi. Muayyan ijtimoiy tadqiqotlarda olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish ikki asosiy yo’nalish bo’yicha borishi mumkin: 1) ma’lumotlarni matematik ishlab chiqish, matematik modellashtirish; 2) olingan ma’lumotlarni mazmunan ishlab chiqish, ularni mikro va makro miqyosda talqin etish.