Amazonkalar
Amazonkalar-qadimgi yunon afsonalaridagi jangchi ayollar. Rivoyatlarga ko’ra, Amazonkalar Kichik Osiyoda va Azov dengizi qirg’oqlarida yashaganlar hamda naslini saqlash maqsadida qo’shni qabila erkaklari bilan yilda bir marotaba jinsiy aloqada bo’lganlar. Ulardan paydo bo’lgan o’g’il bolalarni otalariga qaytarib, qizlarga o’zlari harbiy tarbiya berganlar. Kamon tortganlar xalaqit qilmasligi uchun, qizlarning o’ng ko’kraklarini kuydirishgan (Amazonkalar so’zi “ko’kraksizlar” degan ma’noni beradi). Ular haqidagi afsonalar ko’p xalqlar orasida tarqalgan bo’lib, matriarxat davrini aks ettiradi.