AMBRAZURA
AMBRAZURA (Fransuzcha embrasure — shinak) — to’p, minomyot va pulemyotdan o’q otish uchun mudofaa inshootlari va zirxli minoralarda qilinadigan tuynuk; miltiq va avtomatlardan otish uchun qurilgan shinaktsan farq qiladi. Ambrazuraning shakli va o’lchami qurolning ko’rsatkichlariga, otish sharoitiga va sektoriga bog’liq bo’ladi.