AMENXOTEP IV
AMENXOTEP IV — Misr fir’avni (miloddan avvalgi 1368-1351), Amenxotep III o’g’li. Fiva koxinlari va eski zodagonlarning qudratini sindirish maqsadida diniy islohchi sifatida chiqib yangi davlat dini — ma’bud Atonga sig’inishni joriy etgan hamda Axetaton shahri (hozirgi Amarna) ni davlat poytaxti qilgan, o’ziga Exnaton (aynan “Atonga xush keluvchi”) ismini qabul etgan.