Amerika Qo`shma Shtatlari
Rasmiy nomi — Amerika Qo‘shma Shtatlari. Poytaxti — Vashington. Hududi – 9372,6 ming km.kv. Aholisi–314 mln.dan ortiq kishi (2012). Rasmiy tili — ingliz, (ispan, fransuz, nernis, italyan, polyak, portugal, arman, arab, hind tillari ham keng tarqalgan). Dini — protestantlar (53%), katoliklar (26%), yahudiylar (2% ga yaqin), pravo slavlar (2% gа yaqin), musulmon diniga e’tiqod etuvchilar (2% gа yaqin). Pul birligi — AQSH dollari.
Geografik joylashuvi va tabiati. Shimoliy Amerikadagi davlat. Shimolda Kanada (chegara uzunligi — 8893 km, Shimoliy Amerikaning shimoli g‘arbida joylashgan Alyaska shtatining Kanada bilan chegara uzunligi — 2477 km), janubda Meksika (3326 km) bilan chegaradosh. Mamlakat g’arbda Tinch okean, sharqda Atlantika okeani, janubda Meksika ko‘rfazi bilan tutashib ketgan. Undan tashqari, AQSHga Gavay orollari, Guam oroli, Sharqiy Samoa, Virgin orollari hamda Kuba orolidagi Guantanamo harbiy bazasi qarashlidir. Chegaralaming Umumiy uzunligi — 12248 km. Qirg‘oq bo‘ylab chegara uzunligi — 19924 km. AQSH maydon jihatdan dunyoda Rossiya, Kanada va Xitoydan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. AQSH tog`lar va bepoyon tekisliklar mamlakati. Mamlakat relyefining g‘arbiy qismi tog‘li, sharqiy qismi esa tekisliklardan iborat. Mamlakat hududining yarmiga yaqinini tog‘ tizmalari, tog‘ tekisliklari va Kordilyera yassi tog`lari egallagan. Kordilyer togiarining yuqori cho‘qqisi balandligi 4000 m bo‘lgan Uit (4419 m) hisoblanadi. Sharqda Appalachi togiari joylashgan. Ularning baland nuqtasi — Mittchel (2037 m). Mamlakat va Shimoliy Amerikaning yuqori nuqtasi Mak-Kinli tog‘i (6199 m) Alyaskada joylashgan. Qit’aning eng past joyi Kalifomiyadagi O`lim vodiysi (dengiz sathidan — 86 m pastda) hisoblanadi. Kordilyer va Appalachi tog‘lari orasida Markaziy va Ulug’ keng ichki vodiylari hamda Meksika pasttekisliklari yastanib yotibdi. Asosiy daryolari Missisipi, Missuri, Ogayo, Kolorado, Kolumbiya va Yukon (irmoqlari bilan birga). Mamlakatning shimoli sharqida Yuqori Michigan, Guron, Eri, Ontario koilaridan iborat Buyuk ko`llar tizimi mavjud. Mamlakatda ko‘p sonli muzliklar davri koilari bor. Yuta shtatida joylashgan Katta Sho‘r ko`l ham muzliklar davrida vujudga kelgan. AQSH quyidagi foydali qazilmalar zaxiralariga ega: ko‘mir, tabiiy gaz, neft, oltin, uran, mis, qo‘rg‘oshin, temir, aluminiy rudalari, fosforitlar hamda yog‘och. Haydaladigan yerlar butun hududning 20%, o‘rmonlar va dashtliklar 29%, o‘tloq va yaylovlar 26% ini tashkil qiladi.
Iqlimi — keskin kontinental. O`simlik dunyosi juda boy. Bu yerda iqlim zonalarining o‘zgarishiga qarab flora ham o‘zgarib boradi. AQSHda mox va lishayniklardan tortib palma va sekvoyya daraxtlarigacha mavjud. Hayvonot olami ham turfa, u ham flora kabi iqlim zonalarining o’zgarishiga qarab o’zgarib boradi.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — federativ respublika. Mamlakat tarkibiga 50 ta shtat (Aydaxo, Ayova, Alabama, Alyaska, Arizona, Arkanzas, Virjiniya, Vashington, G‘arbiy Virjiniya, Viskonsin, Vayoming, Vermont, Gavayya, Delaver, Joijiya, Illinoys, Indiana, Kaliforniya, Kolorado, Konnektikut, Kanzas, Kentukki, Luiziana, Men, Merilend, Massachusets, Michigan, Minnesota, Missisipi, Missuri, Montana, Nebraska, Nevada, Nyu-Hempshir, Nyu-Jersi, Nyu-Meksika, Nyu-York, Ohayo, Oklaxoma, Oregon, Pensilvaniya, Rod-Aylend, Shimoliy Karolina, Shimoliy Dakota, Tennessi, Texas, Florida, Janubiy Karolina, Janubiy Dakota, Yuta va Kolumbiya okrugi kiradi. AQSHga qaram hududlar: Beyker oroli, Xoulend oroli, Kingem-Rif, Sharqiy Samoa, Guam, Jarvis, Jonston attoli, Miduey, Navassa orollari, Palmira attoli, Puerto-Rika, Virginiya orollari, Ueyn orollari. AQSH 1776-yil 4-iyulda mustaqillikka erishdi (ilgari Angliya mustamlakasi). Milliy bayramlari: 4-iyul -Mustaqillik kuni, 22-fevral — Jorj Vashington tug’ilgan kun, 11-noyabr — Urush qahramonlari kuni. Qonunchiligi ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Davlat va hukumat boshlig‘i Prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Senat va Vakillar palatasidan tashkil topgan ikki palatali parlament amalga oshiradi. AQSHda asosiy ikkita yirik partiya mavjud: Respublikachilar va Demokratlar.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyatari. AQSH — ilg‘or industrial va sanoatning yuqori diversifikatsiyasiga ega davlat boiib, neft sanoati (dunyoda ikkinchi o’rinda), metallurgiya (aluminiy, qo‘rg‘oshin, mis ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik davlat), mashinasozlik, aerokosmik, kimyo, elektron, oziq-ovqat, yog‘ochni qayta ishlash va boshqa sanoat sohalari keng rivojlangan. Qulay iqlim sharoiti va unumdor yerlarining mavjudligi qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga yaxshi omil yaratadi. Chorvachilik mahsulotlari ham turfa (dunyoda go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinda). Asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari — makkajo‘xori, soya, sorgo (uchalasini yetishtirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda), bug‘doy (uchinchi o’rinda), shakarqamish (ikkinchi o‘rinda), tamaki (ikkinchi o‘rinda), paxta (uchinchi o‘rinda), kartoshka. Shu bilan bir qatorda AQSH baliq ovlash hajmi bo‘yicha ham ilg‘or mamlakatlardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining katta qismi boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi. Qo‘shma Shtatlar tashqi savdo hajmi bo’yicha dunyo mamalkatlaridan oldinda. Asosiy savdo hamkorlari: G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Kanada, Yaponiya.
Temiryo`lllarining umumiy uzunligi — 240000 km. Dunyodagi eng zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘iga ega boiib, umumiy uzunhgi — 6365590 km (ulardan 88641 km tez yurishga moijallangan trassalar), sifati bo‘yicha ham oldingi o‘rinda. Ichki suv yo`llarining umumiy uzunligi — 41009 km. Mamlakatning asosiy portlari: Ankorij, Boston, Gonolulu, Long-Bich, Los-Anjeles, Mayami, Norfolk, Yangi Orlean, Nyu-York, Portlend, San-Fransisko, Xyuston, Korpus-Kristi, Filadelflya.
Tarixi. Birinchi yevropaliklar hindular istiqomat qilgan hozirgi AQSH hududiga ilk bor XVI asrda kelishgan. Shimoliy Amerikaning mustamlakalashtirilishi oqibatida XVIII asrga kelib bu yerda uchta ta’sir zonasi tarkib topdi: ispanlar — Floridada, Texasda va Tinch okean sohillarida, fransuzlar — Buyuk Koilar va Luizianada, inglizlar — Atlantika sohillari bo‘ylaridagi hududlarda. 1774-yilda 13 ta britan mustamlakasi mustaqillik uchun kurash boshlab, 1776-yil 4-iyulda AQSH tashkil topishi bilan tugadi. J.Vashington va Franklin tomonidan tuzilgan demokratik davlatning asosiy tamoyillari bilan birga shtatlarning keng huquqlari hamda kuchli federal hokimiyat tamoyillari chambarchas bog‘lanib ketgan Konstitutsiya 1787-yil 17-sentabrda qabul qilindi. XIX asrning birinchi yarmida AQSH hududlarining kengaytirilishi yangi yerlarni xarid qilish bilan birga fransuzlardan Luizianani, ispanlardan Floridani, o‘zga davlatlarning koloniyalarini bosib olish vositasida amalga oshirildi. Yangi yerlarni kolonizatsiya qilish mahalliy hindulami bojysundirish yoii bilan olib borildi. Shimoliy va Janubiy shtatlar o’rtasida iqtisodiy va madaniy qarama-qarshiliklar 1781-yilda federatsiyadan ajrab chiqishni e’lon qilgan ta janubiy shtatlar Konfederatsiyasining tashkil etilishiga olib keldi. Fuqarolar urushi boshida bir qator muvaffaqqiyatlarni qo‘lga kiritgan janubliklar oxir-oqibat mag‘lubiyatga uchrab, Shimol g‘alaba qozondi va federatsiya saqlab qohndi. 1867-yilda AQSH Rossiyadan Alyaskani va Aleut orollarini xarid qildi. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Yevropa va boshqa qit’alardan ko‘plab muhojirlar ko‘chib kelishi oqibatida AQSH iqtisodi qudratli davlatga aylandi. Markaziy Amerika, Karib havzasi mamlakatlari va Tinch okeanda o‘z ta’sir zonalarini faollik bilan kengaytirib borgan AQSH uzoq vaqtgacha Yevropada bolib o‘tayotgan voqealarga nisbatan betaraflikni saqlab keldi. AQSH 1917-yil 4- aprelda Birinchi jahon urushiga qo‘shilib, urush tugaganidan so‘ng Senat Versal shartnomasi qarorlarini qo‘llashdan bosh’lortdi. Urushdan keyingi mamlakat iqtisodining tez sur’atlar bilan o‘sishi 1929-yilda Buyuk depressiya — liberal iqtisodning chuqur inqirozi davri bilan almashindi. Inqiroz ishlab chiqarishning qisqarishi va ishsizlar sonining keskin ko‘payishiga olib keldi. Yapon samolyotlari Pyorl-Xarbordagi Amerika harbiy bazasini bombardimon qilishganidan so‘ng, AQSH 1941-yil 7-dekabrda Ikkinchi jahon urushiga qo‘shildi. AQSH qo‘shinlari Yaponiyaga qarshi harbiy harakatlarni boshladi. Bu to‘qnashuvlaming asosiy qismi Tinch okean hududlarida va dengizlarda sodir bo‘lgan. Tehron konferensiyasidan (1943) so‘ng AQSH Fransiyaning Atlantika hududlariga qo‘shin kiritib, Germaniyani tor-mor qilishda ishtirok etdi. Yaponiyaga qarshi Tinch okean orollari va Janubi sharqiy Osiyoda muvaffaqqiyatli harbiy harakatlar olib borayotgan AQSH 1945-yil 6-avgustda Yaponiyaning Xirosima, 9-avgustda esa Nagasaki shaharlariga atom bombasini tashladi. Urushdan so‘ng AQSH G‘arbiy Yevropa mamlakatlari iqtisodini tiklashga (Marshall rejasi) va Yevropa hamda dunyoning boshqa hududlarida kommunistik ta’sirning yoyilishiga qarshilik («sovuq urush») ko‘rsatib keldi. Mamlakat ichida 40-yillar oxiri — 50-yillaming boshlarida kommunistik partiyaga moyillikda gumon qilingan fuqarolar AQSH hokimiyati tomonidan ta’qib ostiga olindi. Urushdan keyingi yillarda AQSH to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita bir qator yirik xalqaro mojarolarda ishtirok etdi (Karib inqirozi, Vyetnam urushi, arab-isroil urushi). AQSH qo‘shinlarining Vyetnamdagi urushda ishtirok etishga qarshi boshlangan patsifistlar (urushga qarshi) harakati qora tanli aholining irqiy segregatsiya (kamsitilish) qilinishiga qarshi kurashning boshlanishiga to‘g‘ri keldi. Qora tanlilarga o‘z haq-huquqlari uchun kurashning tinch usullarini targ‘ib qilgan Martin Lyuter King 1968-yil aprelda o’ldirildi, ammo uning siyosiy faoliyati qora tanlilarning Amerika jamiyati integratsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 70- yillarda AQSHda ro‘y bergan asosiy voqealardan biri bu «Uotergeyt mojarosi» bilan bogiiq boiib, prezident Niksonning iste’foga chiqishidir. J. Karter prezidentligi davrida AQSH Xitoy bilan munosabatlarini yaxshilab, Misr va Isroil o‘rtasida separat tinchlik sulhining imzolanishiga ko‘maklashdi, biroq AQSHning Tehrondagi elchixonasidan garovga olinganlarni ozod qilish operatsiyasining muvaffaqqiyatsizlik bilan tugashi demokratik partiyaning saylovlarda magiubiyatga uchrashi va mamlakat prezidenti etib 1980-yili R. Reyganning saylanishiga olib keldi. R.Reygan Sovet Ittifoqi hukumati bilan boshlagan muzokaralari 1989-yilda prezidentlik lavozimida uni almashtirgan J.Bush tomonidan davom ettirilib, qurollanish poygasining cheklanishiga va «sovuq urush»ning tugashiga olib keldi. Tashqi siyosatdagi muvaffaqqiyatlariga qaramasdan (Quvaytning Iroq qo‘shinlaridan ozod qilinishi), respublikachilar 1992-yilgi saylovlarda mag‘lubiyatga uchradi. AQSHning yangi prezidenti Bill Klinton davrida mamlakatning tashqi faolligi 1997-yilda Isroil va Falastinni Ozod qilish tashkiloti (TOQT) o‘rtasida tinchlik sulhining imzolanishida o‘z aksini topib, unga ko‘ra Isroil Falastinning avtonomiyaga boigan huquqini tan oldi. Shu bilan bir qatorda AQSH Yugoslaviya mojarosida tinchlik munosabatlarini o‘rnatish jarayonida faol ishtirok etdi. Biroq serblar va xorvatlar hamda Bosniya inqirozini chetdan aralashuvsiz hal qilishga erishilgan bo`lsada, Yugoslaviyaning Kosovo viloyatida yashovchi albanlar muammosini hal etish uchun AQSH va uning NATO bo’yicha ittifoqchilari harbiy kuch ishlatishga majbur bo‘ldi. Kosovodagi inqirozni to‘xtatish uchun Yugoslaviyaning harbiy va fuqarolik obyektlarining bombardimon qilinishi dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, xususan Rossiyada ham e’tiroz hamda qarshilikni vujudga keltirdi. 2000-yil prezident etib saylangan kichik J.Bush lokal mojarolarni hal qilishda kuch ishlatish siyosatini olib bordi. 2001-yil sentabr kuni AQSH hududida Al-Qoida terrorchilik tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan qo‘poruvchilik oqibatida minglab kishilar halok bo‘ldi. 2001-2002-yillari AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonga kiritilib u yerdagi tolibonlar hokimiyati ag‘darib tashlandi. 2003-yili Iroqqa qarshi urush boshlanib S.Husayn rejimi ag‘darib tashlandi. 2008-yil boshlaridan AQSH iqtisodi kuchli inqirozni boshdan kechirmoqda. Mutaxassislar bu inqirozni miqyosi bo’yicha 1929-1933-yillardagi Buyuk depressiya bilan tenglashtirmoqdalar.