AMFIMIKSIS
AMFIMIKSIS (Yunoncha amphi – atrofi, yoni va mixis — aralashish) — o’simlik va hayvonlarning jinsiy ko’payish usuli, ota va ona gametalarining qo’shilishi orqali yangi organizm hosil bo’lishi. Amfimiksisning jinsiy ko’payishdagi shakllari xilma-xil bo’lishi mumkin. Masalan, tuban o’simliklarda Amfimiksisning izo-, geterogamiya shakllari mavjud. Amfimiksis gulli o’simliklarda qo’sh urug’lanish shaklida sodir bo’ladi.