AMIN UMARIY
AMIN UMARIY (1913.20.5, Qo’qon -1942.14.11, Toshkent) — o’zbek shoiri, dramaturg, tarjimon. Samarqand pedagogika akademiyasida o’qidi. Ishchi fakulteti, O’zDU va Toshkent davlat pedagogika institutida dars berdi (1935 — 36). “Guliston”, “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” jurnallari hamda “Qizil O’zbekiston” gazetasida ishladi (1937 — 41). Amin Umariyning “Yangroq sadolar” (1932), “Davr tantanasi” (1933), “Yoshlik” (1935), “Farzand”, “Sadoqat”, “She’rlar”, “Bolalik qo’shiqlari”, “Ov”, “Zim” (1937— 39), “Qasamyod” (194? Kabi she’riy to’plamlari, “Toshotar”, (1939) kabi hikoya va ocherklari bosilib chiqdi. Amin Umariyning 38-yillardagi she’rlarida yoshlik tuyg’ulari, qaynoq qalb orzulari, yarati; va yuksalish ishtiyoqida mehnat qilayotgan kishilarning kechinmalari aks ettirilgan bo’lib, ular chuqur lirizm, obrazlar, tasvir vositalarp ning jozibadorligi, tilining sodda va yorqinligi bilan ajralib turadi. Amin Umariyning 2 – jahon urushi yillaridagi she’rlarida kishilarimizning jasorati, matonati kuylangan. Amin Umariy Yashin bilan hamkorlikda “Hamza” (1940), Tuyg’un bilan birgalikda “Qasos” (1941) dramalarini yaratgan. U G. Geyne, T. Shevchenko, M. Yu. Lermontov asarlaridan ayrimlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. As: tanlangan asarlar, T., 1951; She’rlar, T., 1973. Ad:. Olimjon A., Amin Umariy, T., 1954;Ikromov O., Amin Umariy, T., 1964.