Amir al-mo’minin
Amir al-mo’minin (arabcha-mo’minlar amiri)-ilk islom davrida xalifalarning unvoni. Islom ta’limotida Muhammad oxirgi payg’ambar, xalifalar esa payg’ambarning o’rinbosarlari hisoblanadi. Diniy, dunyoviy va harbiy hokimiyat ularning qo’lida jamlangandi. Bu vazifalarni bajaruvchilar “xalifa”, “imom”, “amir” o’rniga har uchala mazmunni ifodalovchi yagona Amir al-mo’minin istilohi bilan atalgan. Mazkur unvon ilk daf’a Abu Bakrdan keyingi ikkinchi xalifa Umarga berilgan, keyingi barcha xalifalar (Usmon, Ali va boshqalar) ham shu unvon bilan atalgan.