AMIRI

AMIRI — qovunnnng o’rtapishar navi. Shakli cho’ziq (25-40 santimetr), og’irligi 3— 4 kilogramm. Sirti to’rsiz (ba’zi Amirilarning faqat band tomonida bir oz to’ri bo’ladi), usti yo’l-yo’l, och yoki to’qyashil. Eti 4-5 santimetr qalinlikda, ko’kimtir yoki qizg’ish, kuvrak, juda shirin, tarkibida 12% gacha qand bor. Urug’i yirik, cho’ziq, och sariq. Urug’idan chiqqanidan keyin 80-90 kunda hosili pishadi. Asosan Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari, Qoraqalpog’istonda ekiladi. Hosildorligi 300-350 ts/ga. Uzoqqa yuborishga va saqlashga chidamsiz.