Ammiak nima?
Ammiak — o’tkir hidli rangsiz gazdir. Ammiak bilan uzoq nafas olish o’limga olib keladi. “Ammiak” iborasi Misrdagi Ammon Yupiteri ibodatxonasi yonida topilgan “ammoniy xlorid” degan kimyoviy birikmadan olingan. Sof ammiakni birinchi marotaba ingliz kimyogari Jozef Prestli kashf etgan. Bu 1774 yilda yuz berib, uni o’sha paytda “ishqorli gaz” deb atashar edi. Hayvonlar jasadi yoki o’simliklar chirindisi aynigach, havoda ma’lum miqdorda ammiak paydo bo’ladi. Ammiak biroz miqdorda yomg’ir suvi tarkibida ham mavjud. Sanoatda foydalanish uchun ammiak sun’iy yo’l bilan olinadi. Ammiak tarkibiga azot hamda vodorod kiradi. Ularning birikuvidan ammiak hosil bo’ladi. Azot havodan, vodorod esa suvdan olinadi. Bu ikki modda ham quritiladi, qizdiriladi, qisiladi, Tselsiy 50 darajasida qorishma har xil tuz birikmalaridan o’tkaziladi va oqibat-natijada ammiak hosil bo’ladi. Ammiak havodan deyarli 2 barobar yengil. Ammiak siqilib sovutilgach, bamisoli suvdek suyuqlikka aylanadi, biroq 34 darajali sovuqlikda qaynab turadi. Ammiak siqilib bo’lingach, bug’lanadi. Ayni paytda u ko’p miqdorda issiqlik yutadi. Mana shuning uchun undan xolodilnikda foydalaniladi. “Uy sharoitida”gi ammiak — bu sizning uyingizda ham bo’lishi mumkin — bu ammiakning suvdagi eritmasi. Kir yuvish paytida uni suvga aralashtiriladi. Ammiakning kislota bilan birikuvi natijasida ammiak tuzi olinadi. Bu tuzlarning ko’pgina xillari foydalidir. Ammoniy xloridi payvandlash ishlarida, quritilgan ozuqa tayyorlashda va tibbiyotda qo’llanadi. Ammoniy sulfati esa durustgina o’g’itdir. Ammoniy nitrati o’git sifatida va portlovchi modda tarzida ishlatiladi. Novshadil spirtining tarkibida ham ammoniy karbonad bor. Bu birikmalarning barchasi ammiakka muvofiq keladigan kislotalar aralashtirilib hosil etiladi, biroq bu tuzlarning ayrimlari tabiatning o’zida ham mavjuddir.