AMMONIY FOSFATLAR
AMMONIY FOSFATLAR – ortofosfat kislota (N3RO4) ning bir, ikki va uch vodorodli ammoniy guruhi (NH4) ra almashgan tuzlari. Ammoniy digidrofosfat NH4H2PO4 — rangsiz, barqaror modda: 0° da 100 gramm suvda 25 gramm eriydi. Ammoniy gidrofosfat (NH4)2HPO4 — beqaror modda, 70° da ammiak bilan ammoniy gidrofosfatga parchalana boshlaydi, suvda yaxshi eriydi. Ammoniy fosfat (NH4)3PO4 — beqaror modda, 20° dayoq ammiak ajratib parchalanadi. Ammoniy fosfatlar fosfat kislotani ammiak bilan neytrallash natijasida olinadi. Ammoniy digidrofosfat o’g’it sifatida, ammoniy gidrofosfat esa oziq-ovqat achitqilari sifatida va metallarni fosfatlash maqsadida ishlatiladi.