AMMONIY PERSULFAT
AMMONIY PERSULFAT, NH4OSO2-O-O-SO2ONH4 – rangsiz kristall modda, suvda yaxshi eriydi. Kuchli oksidlovchi. Sanoatda to’yintirilgan ammoniy sulfat eritmasini elektroliz usulida anodda oksidlash yo’li bilan olinadi. U vinil birikmalarini polimerlashda, dezinfektsiyalashda, oqartiruvchi modda sifatida, fotografiyada, organik moddalarni oksidlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.