AMMONIY XLORID
AMMONIY XLORID, novshadil, NH4C1 — rangsiz kristall modda; suvda yaxshi eriydi, havoda o’zgarmaydi, qizdirilganda (180°) suyuqlanmay, bug’lanib ketadi. Ammoniy Xlorid gazlamalarga gul bosishda, bo’yoq ishlab chiqarishda, metallarni kavsharlashda va quruq galvanik elementlar tayyorlashda ishlatiladi.