“AMOKO”

“AMOKO” (Amoco) — AQShdagi neft kompaniyasi. 1889 yilda tashkil topgan. 1985 yilgacha “Standart oyl Kompani (Indiana)” deb atalgan. Savdo hajmi 21,2 millird dollar, sof daromadi 2,1 milliard dollar, yiliga 40 million tonna neft qazib oladi (shundan 45% AQSh dan). 44,1 million tonna neftni qayta ishlaydi.