AMORF HOLAT

AMORF HOLAT — moddaning kondensatlangan holati. Atom va molekulalar tartibsiz joylashganligi tufayli moddaning fizik xossalari izotrop (barcha yo’nalishlarda bir xil) bo’lishi bilan ifodalanadi. Moddaning kristall holatidan farqli ravishda bunda qattiq Amorf holatdan suyuq holatga o’tish asta-sekin yuz beradi. Bitum, qahrabo, smola — tabiiy Amorf holatda, oddiy shisha, eritilgan kvars, bakelit — sun’iy holatda uchraydi. Kristallar aniq temperatuada eriydi. Amorf jismlarda esa qizdirish natijasida ularning yumshoqligi ortadi, qovushoqligi kamaya boradi. Oddiy shishalar uchun bunday holat 500-1000° da davom etadi. Gaz va suyuqlik holatlarini ham Amorf holatga o’xshatish mumkin.