Amortizatsiya nimani anglatishini bilasizmi

Amortizatsiya nimani anglatishini bilasizmi – (lotincha amortisatio – qoplash) 1. Mehnat vositalarining (mashina, jihoz, bino va shu kabilar) eskirishiga qarab, ular qiymatini muayyan davr mobaynida ishlab chiqarilayotgan mahsulot ustiga qo’ya borish, shu yo’l bilan eskirgan vositalar bahosini qoplash. 2. Alohida shaxs yoki tashkilotning uzoq muddatli qarzni asta-sekin (hissalarga bo’lib to’lab) yoki qarzni sotib olib uzishi. 3. Yo’qotish, o’g’irlash va hokazolar oqibatida qarz majburiyatini haqiqiy emas, deb e’tirof etish. 4. Avtomashina, samolyot, inshoot va shu kabilarning urilish zarbini, silkinishini kamaytirish.