AMPEROMETRIK TITRLASH

AMPEROMETRIK TITRLASH – hajmiy analizning elektr-kimyoviy usullaridan biri. Bunda titrlashning oxirgi nuqtasi titrlash jarayonida eritmadan o’tayotgan diffuzion tok kuchining o’zgarishiga qarab aniqlanadi. Amperometrik titrlashda polyarografik indikator elektrodi sifatida simob tomchisi, shuningdek asl metallar (odatda platina) yoki uglerodli materiallar (grafit, shisha-uglerod va boshqalar) ning qattiq mikroelektrodlari qo’llaniladi. Amperometrik titrlashdan anorganik va organik moddalarni analiz qilishda hamda turli xil ilmiy tekshirishlarda cho’kmalarning eruvchanligi va kompleks birikmalarning turg’unligini aniqlashda keng foydalaniladi.