AMPLITUDA-CHASTOTA XARAKTERISTIKASI
AMPLITUDA-CHASTOTA XARAKTERISTIKASI — elektr zanjiri orqali signallar uzatish jarayonida sinutsoidal tebranish amplitudasining uning chastotasiga bog’lanishi. Aloqa kanali, kuchaytirgich va elektr zanjirlarning ish sifatini ko’rsatuvchi muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Amplituda-chastota xarakteristiksi ko’pincha qisqacha qilib chastota xarakteristikasi deyiladi. Amplituda-chastota xarakteristiksi grafik ko’rinishida quyidagicha bo’ladi: ordinata o’qiga amplituda, abssissa o’qiga chastota joylashtiriladi. Elektrotexnika, radioelektronika va texnikaning boshqa sohalarida Amplituda-chastota xarakteristiksi bo’yicha turli parametrlar aniqlanadi. Bu parametrlarga qarab asbob, qurilmalarning ishlashi to’g’risida xulosa chiqarish mumkin.