AMUL
AMUL — Chorjo’y shahrining tarixiy adabiyotlarda 15-asr oxirigacha bo’lgan nomi. Amul nomining kelib chiqishi noma’lum. “Amu” atamasi Chorjo’y yaqinidan oqib o’tadigan daryo — Amudaryoda saqlanib qolgan. Mozandarondagi eng qadimgi shaharlardan biri ham Amul deb atalgan. Ularni farqlash uchun o’sha davrlarda Amulni “Amuli Sohil”, “Amuli Jayxun”, “Amuli Zamm”, “Cho’l Amuli” deyilgan.