AMUR QO’LTIG’I

AMUR QO’LTIG’I – Buyuk Pyotr qo’ltig’ining shimoliy-g’arbiy qirg’og’i yaqinidagi ichki qo’ltiq (Yapon dengizi). Uzunligi qariyb 65 kilometr, eni 9 — 20 kilometr, chuqurligi 20 metrgacha. Qishda muzlaydi. Amur qo’ltig’i sohilida Vladivostok port shahri bor.