AMYOBALAR
AMYOBALAR (Amoebida) — soxtaoyoqlilar sinfiga mansub bir hujayrali umurtqasiz hayvonlar turkumi (ayrim manbalarda sinf). Ba’zi Amyobalarning diametri 20 MK cha; yirik Amyobalar (Amoeba proteus) 700 MK keladi. Amyobalar chuchuk suvlarda, nam tuproq va qumda yashaydi. Dengizlarda ham bor. Amyobalarning qattiq qobig’i bo’lmaydi, shu sababli ularning gavda shakli doim o’zgarib turadi, soxta oyoqlari bilan siljiydi. Ba’zi Amyobalar xivchin chiqaradi. Amyobalar bakteriyalar, mayda suvo’tlar va hokazolar bilan ovqatlanadi. Noqulay sharoitda Amyobalar gavdasi yumaloqlanib, qattiq qobiq hosil qiladi va tsistaga aylanadi. Ayirish vazifasini qisqaruvchi vakuomar bajaradi. Amyobalar, asosan, ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Amyobalarning bir qancha turlari odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladi. Asosiy turlari: erkin yashovchi oddiy amyoba (Amoeba proteus) va odam ichagida parazitlik qiluvchi ichburug’ amyobasi (Amyobalar histolitica).