ANADIR

ANADIR — Rossiya Federatsiyasining Magadan viloyati Chukotka Muxtor okrugidagi daryo. Uzunligi 1150 kilometr. Havzasining maydoni 191 ming kilometr kvadrat. Anadir yassi tog’ligidan boshlanib, Bering dengizining Anadir qo’ltig’iga qo’yiladi. Bosh qismida tog’lar orasidan, quyirokda tekislikdan oqadi. O’rtacha suv sarfi 1680 m3/sek. Qor va yomg’irdan suv oladi. Qishda muzlaydi. Eng katta irmoqlari: chapdan — Belaya, Tanyurer, o’ngdan — Yablon, Eropol, Mayn. Anabiozda 570 kilometr masofada kema qatnaydi. Quyi oqimida baliq ovlanadi. 1648 yilda sayyoh S. I. Dejnyov Anabiozning quyilish yerigacha yetib borgan.