ANALITIK HISOB

ANALITIK HISOB – pul va zarur bo’lgan hollarda natura shaklida detallashgan ko’rsatkichlarni beruvchi hisob. Ko’rsatkichlarni detallashtirish reja bajarilishi, xo’jalik mulki butligini nazorat qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo’yicha axborotlar olish uchun aniq sharoitlarga qarab belgilanadi. Korxonaning moliyaviy va boshqaruv faoliyatlarini tahlil qilish uchun obyektiv analitik ma’lumotlar kerak. Analitikhisobniyuritish uchun analitik schyotlar qo’llaniladi. Analitik hisob sintetik hisob bilan uzluksiz bog’langan bo’lib, uning ma’lumotlarini detallashtirish maqsadida yuritiladi. Analitik hisobda yozuvlar buxgalteriya hujjatlari va boshqa zaruriy ma’lumotlarga ishora qilinadi. Analitik hisob registrlari sifatida qo’llaniladigan buxgalteriya hisobi shakllariga ko’ra, mashinagrammalar, vedomostlar, jurnal-orderlar, kartochkalar, daftarlar bo’lishi mumkin.