AN’ANAVIY DAVLAT

AN’ANAVIY DAVLAT — to’laligicha an‘analar asosida boshqariluvchi davlat, an‘anaviy jamiyatlar bag’rida faoliyat ko’rsatadi. An‘anaviy jamiyatda davlat jamiyatga mutlaqo ta‘sir ko’rsata olmaydi, uning o’zi to’laligicha jamiyat ta‘sirida bo’ladi. Gumilev nazariyasiga ko’ra an‘anaviy jamiyatlar (Janubiy Afrika bushmenlari qabilasi, Avstraliya aborigenlari, Kongodagi pigmeylar qabilasi) insoniyat taraqqiyotining ―go’daklari emas ―qariyalarik sifatida qaralishi kerak: ular o’tmishda buyuk ko’chishlar, bosqinlar va ulkan madaniyatlarni boshidan kechirganlar. Amaliy jihatdan bugun an‘anaviy davlatlar yo’q. Lekin nazariy jihatdan an‘analar asosida boshqariladigan va davlat jamiyatga tobe‘ bo’lgan holatlarni ifodalash uchun an‘anaviy davlat tushunchasi qo’llanadi. Faqat shu ma‘nodagina masalan, Saudiya Arabistonini, Birlashgan Arab amirliklarini an‘anaviy davlat deb atay olamiz. An‘analari kuchliligi nuqtai nazaridan, shu ma‘noda, hatto Buyuk Britaniya ham an‘anaviy davlatdir. Buddaviylik, na’oniylik, islom tarqalgan davrda yuzaga kelgan siyosiy tashkilot shakllarini ham an‘anaviy siyosiy hokimiyat tashkilotlari jumlasiga kiritish mumkin. Ko’pgina olimlarning fikricha, an‘anaviy jamiyatlarda ijtimoiy o’zgarishlar sur‘ati nisbatan past bo’ladi. Sivilizatsiya shakllari ba‘zan an’analar mobaynida jiddiy o’zgarmaydi. Madaniyatda hatto siyosiy qadriyatlar va ideallar rasmiylashgan hollarda (masalan, qadimgi Gretsiyada) ham me‘yoriylik yetakchilik qilishda davom etadi, munosabatlarda an‘analar, udumdagi xulq-atvor me‘yorlari ustuvorlik qiladi, siyosatda an‘anaviy va xarizmatik legitimlashtirish shakllari hukm suradi. An‘anaviy jamiyatdagi hokimiyat munosabatlarini ―sof siyosiy deb bo’lmaydi, ular diniy munosabatlar va xo’jalik munosabatlaridan ajratilmagan. An‘anaviy davlatdan zamonaviy davlatga o’tish sanoatlashish davriga to’g’ri keladi. Erkin fuqarolarning gorizontal munosabatlari tizimining vujudga kelishi (shakllanayotgan fuqarolik jamiyati doirasida) o’sha davrdagi markazlashgan davlatning fuqarolar bilan munosabatlarini me‘yoriyhuquqiy tartibga solish, jamiyatda hokimiyatni amalga oshirishning samarali siyosiytashkiliy shakllarini izlashga majbur qilgan.