AN’ANAVIY JAMIYAT

AN’ANAVIY JAMIYAT — jamiyatlarning rivojlanish jarayoniga ko’ra ajratilgan ikki turidan biri. An’anaviy jamiyat uchun iqtisodda texnologik ortda qolish xos. Ijtimoiy sohada ijtimoiy munosabatlar ko’plab qoidalar, an‘analar, udumlar bilan tartibga solinadi. Jamiyatning asosini jamoa tashkil etadi. Bunday jamiyatlarda odamlar mavjud ijtimoiy munosabatlarni saqlab qolishga intiladilar, o’z turmush tarzlaridan farq qiluvchi boshqa qadriyatlar tizimiga salbiy yondashadi.