ANARXO-SINDIKALIZM
ANARXO-SINDIKALIZM (Yunoncha anarchia — beboshlik, tartibsizlik; syndikos — uyushma) — xalqaro ishchilar harakatining anarxizm ta’sirida bo’lgan oqimi. Kasaba uyushmalarini mehnatkashlar tashkilotining oliy shakli, binobarin ishlab chiqarish vositalari mazkur uyushmalar qo’liga o’tishi lozim, deb hisoblagan. Anarxo-sindikalizm sabotaj, boykot, iqtisodiy ish tashlash va kurashning “oliy shakli” sifatida umumiy iqtisodiy stachka kabi “to’g’ridan-to’g’ri harakat” taktikasini yoqlagan. 19 – asr oxirlarida Frantsiya, Italiya, Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida vujudga kelib, 20 – asr boshlarida eng ko’p tarqalgan.