ANASTIGMAT
ANASTIGMAT – tasvirning faqat sferik va xromatik aberrasiya natijasida buzilib chiqishinigina emas, balki astigmatizm (optik tizimda tasvir nuqsonlaridan biri) hodisasini ham bartaraf qiladigan fotoob’yektiv. Anastigmatda linzalar sifatli shishadan tayyorlanadi. Anastigmat texnik va badiiy fotografiyada, kinematografiyada keng ishlatiladi.