ANAXAYM
ANAXAYM — AQSh g’arbidagi shahar, Kaliforniya shtatida. Aholisi 266 ming kishi (1990). Transport yo’llari tuguni. Aviaraketa-kosmik, radioelektronika, kimyo sanoati rivojlangan. Oziq ovqat korxonalari bor. Turizm rivojlangan. Anaxaym “Disneylend” parki bilan mashhur. Shaharga 1857 yilda asos solingan.