ANBAR

ANBAR — 1) oq va qo’ng’ir rangli mumsimon xushbo’y modda. Uvalanadigan moyli massa bo’lib, suyuqlanish temperaturasi 60°, suvda erimaydi, spirt, efir, hayvon moylarida yaxshi eriydi. Anbardan yangiligida najas hidi keladi; eskirgach, bu hid ko’tarilib, noziq hid qoladi. Anbar dengiz hayvoni — kashalot ichagidan olinadi; kashalotlar yashaydigan dengiz va okeanlar yuzidan (ayniqsa, Hind va Tinch okeanlarning sohilga yaqin joylaridagi suvdan) ham yig’ib olinadi. Atir-upa sanoatida ishlatiladi. 2) ko’chma ma’noda (mushku Anbar) — muattar, xushbo’y hid.

ANBAR — erkaklar tobutining to’rt burchagiga tik qoqilgan tayoqlarga o’ralgan gazlama, surp; shuningdek ayollar tobutining tepasiga ishkom tarzida egib o’rnatilgan tol yog’ochlari ustiga yopilgan malla bo’z.