ANBAR BIBI MAQBARASI

ANBAR BIBI MAQBARASI – Zangi ota majmuasi tarkibidagi maqbara. Toshkent yaqinidagi Zangi ota qishlog’ida barpo etilgan (15-asr boshlarida). Zangi ota maqbarasi qatori bu yodgorlik ham Amir Temur zamonasi me’morchilik an’anasining yorqin namunasidir. Rivoyatlarga qaraganda, maqbara Zangi otaning xotini Anbar bibining qabri ustiga qurilgan. Maqbara ichidagi ikkinchi qabr Anbar bibining avvalgi qaynanasi Ulug’ poshshoniki. Anbar bibi maqbarasi keyingi asrlardagi ta’mirlanish oqibatida hozir o’zining asli holatini deyarli yo’qotgan. Anbar Bibi xalq orasida afsonaviy shaxsga aylangan. U kishining ruhiga bag’ishlab o’tkaziladigan urf-odat va marosimlarning ko’pchiligi suv toshqini, bola tug’ilishi va hosildorlik bilan bog’liq bo’lgan. Anbar Bibi maqbarasi.