“ANDIJON DON MAHSULOTLARI”
“ANDIJON DON MAHSULOTLARI” aktsiyadorlik jamiyati – oziq-ovqat sanoati korxonasi. Andijon shahrida joylashgan. “O’zdonmahsulot” davlat-aktsiyadorlik korporasiyasi tarkibiga kiradi. 1964 yil Andijon un kombinati sifatida tashkil etilgan. 1994 yildan hozirgi nomad va ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati. Asosan un va chorva uchun aralash yem mahsulotlari ishlab chiqaradi. Bir yilda 68500 tonna un, 73000 tonna aralash yem ishlab chiqarish quvvatiga ega. 1967 yil korxonada elevator (don saqlash bo’limi), 1968-69 yillarda aralash yem tsexi ishga tushirildi. 1984— 89 yillarda asosiy ishlab chiqarish uskunalari Shveytsariyaning “Byuller” firmasining texnologik liniyalari bilan almashtirildi va ishlab chiqarish quvvatlari oshirildi.