“ANDIJON POLKASI”
“ANDIJON POLKASI” – o’zbek xalq cholg’u kuyi va aynan shu nomdagi raqs. 20-yillardan boshlab andijonlik sozanda va aktyor Orif garmon Toshmatov talqinida ommaviylashgan. “Andijon polkasi” 2/4 (yoki 4/4) musiqa o’lchovi, odatda sof major tonalligi, sho’x siyrati bilan ajralib turadi. U, bir tomondan o’zbek mumtoz kuylari (masalan, “Navo charxi”)ga, ikkinchi tomondan esa boshqa xalqlar (jumladan rus) folklori namunalariga ohangdosh. “Andijon polkasi” surnay, qo’shnay, shuningdek garmon tovushqatoriga xos diatonik tuzilmalari, odat tusidagi kuy yo’nalishlarini o’zida uyg’unlashtirgan. Andijonda “Andijon polkasi” xalq raqs ansambli tashkil etilgan (1957).