“ANDIJON POLKASI” XALQ RAQS ANSAMBLI
“ANDIJON POLKASI” XALQ RAQS ANSAMBLI – Andijon shahri madaniyat uyida 1957 yilda tashkil qilingan. 1983 yil “xalq ansambli” unvoni berilgan. Ansamblning asosiy maqsadi o’z ijodi davomida o’zbek yigitlar raqsini qayta tiklash, rivojlantirish, yoshlarga o’rgatishdir. Repertuari o’zbek xalq kuy, qo’shiq va raqslaridan iborat. 40 nafar ijrochisi bor (1997). “Marhabo, talantlar”, “Chashma”, “Raqs” ko’rik va teletanlovlari g’olibi. Ansambl ijodiy faoliyati haqida “Men raqsga tushmoqchiman” nomli telefilm ishlangan. A. Meliboyev, S. Abdumajidov, A. Yunusov, M. Mo’minov, V. Qodirov, M. Qodirov va boshqa ansamblning yetakchi raqqoslari. Ansamblning badiiy rahbari — Abdug’affor Qodirov. Ispaniya, Bolgariya, Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, Moldaviya mamlakatlarida gastrolda bo’lgan.