ANDORRA-LA-VELYA
ANDORRA-LA-VELYA — Andorra davlatining poytaxti. Sharqiy Pireney tog’lari orasida, Valira daryosi (Ebro havzasi) bo’yida, 1000 metr balandlikda joylashgan. Aholisi 21,7 ming kishi (1996). Ispaniyani Frantsiya bilan bog’laydigan avtomobil yo’lidagi savdo-transport manzili. Oziq-ovqat sanoati korxonalari, GES, radiostantsiya bor. Xalqaro miqyosdagi turizm markazi. Esdalik buyumlari (suvenir) ishlab chiqariladi. Shahar 9-asrda tashkil topgan. Me’moriy yodgorliklaridan 1580 yilda qurilgan bino (hozirgi hukumat qarorgohi) va cherkov (11-asr) bor.