ANDRADIT
ANDRADIT — granatlar guruhiga kiruvchi mineral. Boshqa granatlardan tarkibida kaltsiy va temir borligi bilan farq qiladi. Birinchi marta topgan va tafsilotini yozgani uchun portugaliyalik mineralog olim D’Andradning nomiga qo’yilgan. Qo’ng’ir-qizil va yashilroq kristallardan iborat. Qattiqligi 6,5—7,5. Sof og’irligi 3,6. Andarit zargarlikda va uy jihozlari (mebel)ga sayqal berishda ishlatiladi. Andarit O’zbekistonning ko’p yerlarida skarn va metamorfik tog’ jinslarida uchraydi.