ANDREYEV LEONID VLADIMIROVICH

ANDREYEV LEONID VLADIMIROVICH (1983.6.10, Toshkent) — yengil atletikachi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (2002), “O’zbekiston iftixori” (2002). O’spirinlar o’rtasida O’zbekiston (2002), langarcho’p bilan sakrash bo’yicha Osiyo (2002, Bangkok), o’n kurash bo’yicha jahon (2002, Kingston) chempioni. Erkaklar o’rtasida langarcho’p bilan sakrash bo’yicha O’zbekiston chempionati g’olibi (2003). Andreyev Toshkentdagi respublika Olimpiya zaxiralari kollejini tugatgan (2002), Toshkent agrar universitetida o’qiydi (2005).