ANDROGENLAR
ANDROGENLAR — erkaklar jinsiy bezi gormonlari (testosteron, androsteron va androstenolon); moyak to’qimasida sintezlanadigan erkaklar gormonlari turkumini va bir qator kamroq faoliyatga ega buyrak usti bezi po’st qavati mahsulotlarini o’z ichiga oladi. Bu turkumga kiradigan 30 dan ortiq tabiiy birikmalar kashf etilgan. Androgenlar sperma, qon va siydiqda bo’ladi, erkaklar ikkilamchi jinsiy belgilarining rivojlanishini ta’minlaydi. Jinsga xos ta’sirdan tashqari, Androgenlar organizm metabolizmiga anabolik naf ko’rsatadi, oqsillar sintezini kuchaytiradi, organizmda azot ushlanishini oshiradi. Tibbiyotda jinsiy faoliyat buzilganda va klimakteriya davrida qo’llaniladi.