ANDROPOV YURIY VLADIMIROVICH
ANDROPOV YURIY VLADIMIROVICH (1914, Stavropol o’lkasi — 1984.9.2, Moskva) — KPSS MK bosh kotibi (1982-84), sobiq Ittifoq Oliy Kengashi raisi (1983 yildan), 1947 yildan Kareliya KP(b) MK 2-kotibi. 1951-52 yillarda KPSS MKda ishlagan. 1953— 57 yillarda Ittifoqning Vengriyadagi elchisi; sovet qo’shinlarining Vengriyaga kiritilishida qo’li bo’lgan (1956). 1957 yildan KPSS MK bo’lim mudiri. 1962-67 va 1982 yil maydan KPSS MK kotibi. 1973 yildan KPSS MK siyosiy byurosi a’zosi (1967 yildan nomzod). 1967-82 yillarda Ittifoq davlat xavfsizligi qo’mitasi raisi; bu paytda Andropov rahbarligi ostida g’ayri fikrlovchilar va inson huquqlarini himoya qilish harakatiga qarshi repressiv chora-tadbirlar (qamash, fuqarolikdan mahrum qilish va boshqalar) amalga oshirildi. Bosh kotib sifatida partiya va davlatdagi inqirozni ma’muriy usullar bilan to’xtatishga uringan.