ANDROSTERONLAR
ANDROSTERONLAR (Yunoncha andros -erkak va stereo — baquvvat qilaman) — siydik bilan tashqariga chiqadigan erkak jinsiy gormoni — testosteronning o’zgarishi natijasida hosil bo’ladigan organik moddalar; shu gormonga o’xshash ta’sir etadi. Androsteronlarning siydikdagi kontsentrasiyasini aniqlash endokrin bez kasalliklari diagnostikasida muhim ahamiyatga ega.