Anesteziya

Anesteziya (Yunoncha an — inkor qo’shimchasi va aisthesis — sezgi, his etish) — sezgini yo’qotish, og’riqsizlantirish. Sun’iy Anesteziya ko’pincha jarrohlikda va boshqa hollarda qo’llaniladigan og’riqsizlantirishdir. Umumiy hamda mahalliy turlari bor. Umumiy Anesteziya — umumiy narkoz; kimyoviy moddalar, elektr toki yoki ruhiy ta’sirot yordamida bemorni uxlatib og’riqsizlantirish. Mahalliy Anesteziya dorilar, fizik yoki mexanik omillar yordamida periferik nerv sistemasining biror bo’lagiga ta’sir qilib, uni og’riq sezmaydigan qilib qo’yishdir. Nerv tolalarini siqish bilan ham og’riqsizlantirish mumkin.