ANGIOLOGIYA

ANGIOLOGIYA (angio… va Yunoncha logos — fan) — anatomiya va klinik tibbiyotning bir bo’limi; qon tomirlar (arteriyalar, venalar, kapillyarlar) hamda limfa tomirlari va ularning kasalliklarini o’rganadi.